CHAK-CHAK
Chak-Chak
Tuxum - 3 dona;
Shakar - 1 osh qoshiq;
Suv - 1 osh qoshiq;
Un - 1,5 stakan;
Tuz - bir chimdim;
«Milsof» sariyog’ — 300 ml.
Siropi uchun:
1/4 stakan suv;
0,5 stakan shakar;
1,5 osh qoshiq asal.
Dastavval chak-chak xamiri tayyorlanadi. Buning uchun idishga tuxum chaqib solinadi, shakar qo’shiladi va ikkalasi uriladi.
Tuz suvda eritib olinadi va tuxumli aralashmaga qo’shiladi.
Keyingi navbatda aralashmaga asta sekin un qo’shiladi va xamir qoriladi. Xamir o’ta zich bo’lmasligi kerak, yoysa bo’ladigan darajagacha olib borsa bo’ldi.
Tayyor xamir 0,5 sm qalinlikda qilib yoyiladi. So’ng eniga 0,5 sm bo’lgan xivchin shaklida qilib kesib olinadi.
Xivchinlar uzunligi 3-5 sm bo’lgan bo’laklarga bo’linadi.
Qozonda yog’ qizdiriladi. Xamir bo’lakchalari tillarang tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Chak-chak shirinligi tayyorlash
Qiyomini tayyorlash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Qiyomini tayyorlash dastavval asalni qaynatishdan boshlanadi.
Shakar va suvdan sirop tayyorlanadi. Buning uchun idishga suv va shakar solib, aralashtiriladi. Shakar erigach, idish olovga qo’yiladi va suyuqlik qaynashgacha olib boriladi.
Sirop tayyorligini bilish uchun, qoshiq bilan ozgina undan olib, sovuq likopchaga qo’yish va qoshiqning osti bilan sirop ustidan yengil bosish kerak. Qoshiqni ko’targanda sirop ip bo’lib unga ilashib chiqsa, demak u tayyor.
Siropga qaynatilgan asal qo’shiladi va barchasini yaxshilab aralashtiriladi.
Chak-chak xamiri sovugach, u kattaroq likopcha yoki shaklga solinadi va ustidan sirop quyiladi.
Siropi sovugunicha shirinlik sovutgichga joylashtiriladi. Shundan so’ng u tayyor.
Ushbu shirinlikni dasturxonga choy yoki qahva bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!