PAXLAVA
Paxlava retsepti
Paxlava tayyorlash uchun quyidagi
Mahsulotlar kerak bo’ladi:
Sariyog’ «Milsof» - 350 g
Smetana - 300 g
Tuxum - 4 dona
Un - 4 stakan
Iste’mol sodasi - 1 choy qoshiq
Shakar - 2,5 stakan
Yong’oq - 2 stakan
Asal - 2 osh qoshiq
PAXLAVA TAYYORLASH JARAYONI
Paxlava tayyorlashning juda turli usullari mavjud, ushbu retseptda ulardan biri keltiriladi. Dastavval paxlava xamirini tayyorlash kerak. Un 300 gramm sariyog’ bilan aralashtiriladi, so’ng 3 ta tuxum sarig’i, smetana va soda qo’shiladi, xamir qorilib, 1 soatga sovutgichga olib qo’yiladi. So’ng sovutgichdan olinib, xamir 8 ta kichik zuvalalarga bo’linadi. Zuvalarning ikkitasi biroz kattaroq bo’lishi kerak. Bu eng pastki va eng ustki qavat uchundir.
Nachinka tayyorlash: yong’oqlarni maydalash kerak, lekin un kabi juda maydalab yuborish ham yaramaydi, kichik bo’lakchalar qolishi kerak. Yong’oqni shuningdek qovurib olish ham mumkin. Buning uchun yong’oq 150 darajagacha qizdirilgan pechga 5-7 daqiqaga qo’yib olinadi. Bu paxlava tayyorlash sirlaridan biridir, qovurilgan yong’oqlar bilan paxlava yanada mazali chiqadi.
4 ta tuxum oqi, shakar va maydalangan yong’oq birlashtiriladi.
Har bir xamir zuvalasi un sepilgan yuzada ingichka qilib yoyiladi. Protivenga qavat qilib xamir yoyiladi, har bir qavat ustiga bir tekisda nachinka qo’yiladi, lekin zich tarzda emas. Shu tariqa xamir-nachinka ketma-ketligida davom ettiriladi. Eng pastki va ustki qavat xamirlari biroz qalinroq bo’lgani yaxshi, shunda u yopishib qolmaydi yoki kuymaydi. paxlava tayyorlash foto
Eng ustik qavat xamir bilan tugaydi. Hosil bo’lgan pirog romb shaklida kesib chiqiladi, ustiga tuxum sarig’i surtiladi, yong’oq bilan bezaladi. 200 daraja 40-50 daqiqa pishirib olinadi. paxlava tayyorlash retsepti
Tayyor bo’lishiga 5-10 daqiqa qolganda, pechdan olinib, ustidan erigan 50 gramm sariyog’ va asal aralashmasi quyiladi va yakuniy tayyor bo’lishi uchun pechga qaytariladi. Shuni ta’kidlash joizki, protivendan faqat sovugan paxlavani chiqarib olish mumkin. Aks holda pishiriqning issiqligida suyuq bo’lgan qiyomi oqib ketadi!
Yoqimli ishtaha!