Image

BALISH

Balish

Image

Un - 750 g;
Tuxum - 1 dona;
Smetana - 250 g;
Qatiq - 0,5 stakan;
«Milsof» sariyog’I - 150 g;
O’simlik moyi - 20 ml;
Tuz - 0,5 choy qoshiq;
Iste’mol sodasi - 1 choy qoshiq;
Go’sht - 1,5 kg;
Kartoshka - 1,5 kg;
Piyoz - 2 dona;
Qalampir — ta’bga ko’ra;
Bulyon - 1 stakan.

1. Avvalo xamir qorib olish kerak. Chuqurroq idishga tuxum va tuz solib, urib aralashtirib oling. So’ng ustidan smetana, qatiq, ezilgan soda, o’simlik moyi va sariyog’ qo’shing. Aralashgach, un solib, xamir qoring.
2. Tayyor xamirni darhol suratdagi kabi teng bo’lmagan 4 qismga bo’lib oling.
3. Bo’laklarning eng kattasi pirogning asosi bo’ladi. Asos bo’lakni yoyib, issiqa chidamli formaga joylashtiring.
4. Go’sht (qo’y yoki mol go’shti) va kartoshkani kubik shaklida to’g’rab oling. Ularni aralashtiring, ta’bga ko’ra tuz va qalampir qo’shing. Tayyor bo’lgan aralashmani xamir ichiga soling.
5. Xamirning ikkinchi qismini yoyib, asosning ustidan yoping. Chetlarini mahkam birlashtirib chiqing. Keyingi qadam — bezatish bosqichi.
6. Pirog markazda kichik teshik hosil qilib, unga «qopqoq» yasab o’rnating.
7. Ozroq sariyog’ni eritib, pirogni yog’lab oling. So’ng +180 °C haroratgacha oldindan qizdirib olingan pechda 90 daqiqa davomida pishiring.
8. Pirogni pechdan oling, ustidan 1 stakan bulyon quyib, yana pechga 45-60 daqiqa davomida pishirishga qo’ying.
9. Tayyor bo’lgan balishni choy va smetana bilan dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!