Image

NAPALYON

Napalyon

Image

Xamir uchun:
Suv - 160 ml;
Elangan yuqori navli un - 400 g;
Sariyog’ yoki margarin
«Milsof» - 260 g;
Tuz - ¼ choy qoshiq;
Sirka - 15 ml.

Krem uchun:
Shakar - 300 g;
Sut - 700 ml;
Sariyog’
«Milsof» - 200 g;
Tuxum - 2 ta;
Kraxmal - 20 g, Ta’bga ko’ra vanilin, Tayyorlash usuli:

Tuz, un va sariyog’ni chuqur idishga solib uvoq holiga keltiring. Muzli suvni sirka bilan aralashtiring.
Suvli aralashmani sariyog’li uvoqqa to’xtovsiz aralashtirgan holda soling. Tez xamir qoring.
Xamirni 10 yoki undan ortiq bir xil bo’laklarga bo’ling (bu sizning tortingiz qanchalik katta kichik ekanligiga bog’liq).
Zuvalachalar yasab, ularni bir soatga muzlatgichga qo’ying. Stolga pishirish qog’ozi yoki pergament parchasi qo’ying, uni yog’ bilan yog’lang va har bir zuvalani yoying.
Idishning qopqog’i yoki biron bir tarelka yordamida tekis qilib kesib oling. Qolgan xamirni keyingi zuvalachalarga qo’shsangiz bo’ladi.
Korj yuzasini vilka bilan bir nechta joyida teshiklar qiling. Korjlarni 200 ° C haroratda 7-10 daqiqa davomida pishiring. Kremini tayyorlash bosqichlari:

Krem uchun kraxmal, vanilin va shakarni chuqur kastryulyaga solib aralashtiring. Tuxumni ham o’sha kastryulyaga solib yaxshilab ko’pirtiring. Ushbu aralashmaga sutni soling.
Idishni olovga qo’yib tinimsiz, krem yuzida pufaklar paydo bo’lguncha aralashtiring. Sovutilgan kremga sariyog’ni qo’shing. Kremni yaxshilab ko’pirtirib oling. Tayyor krem bilan har bir korjni surib tort holatiga keltiring va bitta korjni urvoqlab tort ustini bezatish uchun qoldiring.
Tortni 2 soatga krem singishi uchun qoldiring. Krem yordamida tort yonlarini surib tekislab oling va qolgan bitta korjni urvoqlab tort usti va yonlariga sepib chiqing.
Tayyor Napoleon tortini 10 soat davomida muzlatgichda qoldiring. Napoleon torti tayyor.